Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik pastor: diniy e'tiqod erkinligi bir martada va bir umrga ta'minlanadigan narsa emas
4 noyabr kuni O‘zbekistonda AQSh, Ukraina va Qozog‘istondan tashrif buyurgan delegatsiyalar ishtirokida huquq va diniy erkinliklar ustuvorligi masalalari bo‘yicha to‘rt kunlik seminar boshlandi.
Qo‘shma Shtatlardan kelgan spikerlar O‘zbekistonda diniy erkinlikni ta'minlash sohasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni ijobiy baholadi.
«Ushbu uchrashuv bundan uch yil ilgari boshlangan o‘zbek-amerika muloqotining mantiqiy davomi deb hisoblayman. Avvalgi yili BMTning diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahidni taklif etgandik. Unga O‘zbekistonda o‘zi istagan kishi bilan uchrashish imkoniyatini taqdim etdik, hatto «Jasliq» maxsus koloniyasiga olib bordik. Bu yil O‘zbekiston prezidentining tashabbusi bilan mazkur koloniya faoliyati to‘xtatildi. Bu ham o‘zbek-amerika hamkorligining natijalaridan biridir», - dedi O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi direktori Akmal Saidov.

Global jalb etish instituti (IGE) prezidenti Kris Saypl ham O‘zbekistonning diniy erkinlikni ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarini ijobiy baholadi.
«O‘zbekiston yaxshi niyat va ochiq ko‘ngil bilan ulkan harakatlarni amalga oshirdi va biz sizlar bilan birga qadam tashlashdan hamda sizlarni qo‘llab-quvvatlashdan xursandmiz. Ko‘plab ishlar qilindi, ammo oldinda yana ko‘p ishlar turibdi», - dedi IGE prezident.

AQShdan kelgan mehmonlar pastorlar va imomlarning hamkorlikdagi ish tajribasi to‘g‘risida so‘zlab berishdi.
«Hech qachon imom bilan ishlayman deb o‘ylamagandim, pastorlar bilan ha, ammo imom bilan emas. Biz bir-birimizga yomon munosabatda bo‘lishimiz mumkin edi, ammo bu dinlarimizga to‘g‘ri kelmagan bo‘lardi, zero dinlarimiz bir-birimizni sevish va hurmat qilishga chaqiradi. Avvaliga hamkasb edik, so‘ngra do‘stlashdik va bir-birimizga g‘amxo‘rlik qila boshladik, - dedi Nort Vud cherkovi pastori Bob Robers.

«Ammo muammolar sizning ham, mening ham mamlakatimda doim uchraydi. Diniy e'tiqod erkinligi bu bir martada va bir umrga ta'minlanadigan narsa emas, buning ustida doim ishlash kerak. O‘zbekistonda musulmonlar, xristianlar va yahudiylar har doim qiyinchilikka duch kelishgan. Ammo o‘ylashimcha, O‘zbekiston haqida shuni bilish juda muhimki, bu hududda barcha dinlar farovonlikda mavjud bo‘lgan va faqat sovetlar davriga kelib hamma narsa o‘zgarib ketgan», - deb qo‘shib qo‘ydi Robers.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyunida AQSh 13 yil ichida ilk bor O‘zbekistonni jiddiy xavotir uyg‘otuvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi.
Mavzuga oid
21:51 / 19.02.2025
Mubashshir Ahmad O‘zbekistonda qidiruvga berildi
18:27 / 31.01.2025
Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi muhokamaga qo‘yildi
14:56 / 31.01.2025
Deputatlar diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqdi
19:53 / 15.10.2024