Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts eng badavlat odamlar reytingidagi ikkinchi o‘rnini yo‘qotdi
Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Forbes nashri tomonidan tuziladigan dunyoning eng badavlat insonlari reytingidagi 2-o‘rnini Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalari guruhi prezidenti, fransuz tadbirkori Bernar Arnoga boy berdi.
Endi Arno 107 mlrd dollarlik boylik bilan 2-o‘rinni egallamoqda, Geyts esa 106,8 mlrd dollar bilan 3-o‘ringa tushib ketdi.
Ro‘yxatda hamon Amazon asoschisi Jyeff Bezos 112,4 mlrd dollar bilan yetakchilik qilmoqda.
Iyun oyida Arnoning davlati ilk bor 100 mlrd dollardan oshgandi va u yetakchi uchtalikka kirgandi. Fransuz Yevropaning eng badavlat insoni hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi
23:19 / 01.03.2025