Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston O‘zbekiston bilan chegaradagi zastavaga hujum bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining ma'lumotiga ko‘ra, jangarilar Afg‘oniston tomondan o‘tib kelishgan.
Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida joylashgan chegara zastavasiga hujum qilgan shaxslar IShID terrorchi guruhi jangarilari bo‘lgan. Ular Tojikistonga Afg‘oniston tomondan o‘tib kelishgan. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
«Ular Afg‘oniston Islom Respublikasi hududidan maxsus topshiriq bilan o‘tishgan, ularning barchasi IShID terrorchi guruhi a'zolari hisoblanadi», - deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, jangarilar 3 noyabr kuni Tojikistonning Qubodiyon tumaniga Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Qunduz viloyati Qalai-Zol uyezdi tomondan o‘tishgan. Qo‘lga olingan terrorchilarni so‘roq qilish jarayonida ular «Ishkobod» chegara zastavasi ular uchun «eng qulay joy» bo‘lganini aytishgan.
Bundan avvalroq Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlarining matbuot markazi 20 kishidan iborat bo‘lgan qurollangan guruh Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida joylashgan chegara zastavasiga hujum qilgani to‘g‘risida xabar qilgandi.
Terrorchilarga qarshi o‘tkazilgan amaliyot natijasida qurshab olingan qurolli jinoiy guruhning 15 nafar a'zosi yo‘q qilingan, besh nafari qo‘lga olingan. Otishma oqibatida chegara qo‘shinlari askari va bir militsioner halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025