Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Xavfsiz shahar» loyihasini joriy etish bo‘yicha boshqaruv markazi tashkil etiladi
Toshkent shahrida «Xavfsiz shahar» loyihasini joriy etish bo‘yicha boshqaruv markazi hamda ma'lumotlarni saqlash markazi tashkil etiladi. Bu haqda 6 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan «Hukumat soati»da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ma'lum qildi.
«Xuddi suratlardagidek markaz tashkil etiladi. Davlat rahbari tomonidan tasdiqlab berilgan. Ushbu markazda barcha yo‘nalishlar, masalan, ichki ishlar idoralari tomonidan ko‘rsatiladigan va boshqa xizmatlar bo‘yicha ishlar tashkil etiladi. Toshkent shahrida amalga oshiriladigan har xil holatlar shu yerdan boshqarilishi tashkil etilishi inobatga olinmoqda», deya Shuhrat Sodiqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, 2019 yil oxirigacha Germaniyaning «ATLAS International» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto-video qayd qilishning avtomatlashtirilgan tizimi» loyihasini test rejimida ishga tushiriladi. «ATLAS International» kompaniyasi va IIV o‘rtasida loyihaning birinchi bosqichida Toshkent viloyatiga qurilma va uskunalarni yetkazib berish yuzasidan 11,3 mln yevrolik Hozirda shartnomaga muvofiq 366 ming yevrolik texnik uskunalar yetkazib berildi.
«Hukumat soati»da ma'lum qilinishicha, yil yakuniga qadar Toshkent shahrida «Xavfsiz shahar» loyihasining birinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ishlar jadallashtiriladi.