Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada ichida migrantlar bo‘lgan yana bir yuk mashinasi topildi
Britaniyada Esseks grafligida yuk mashinasida 39 migrantning jasadi topilgandan keyin nazorat choralari oshirildi. Olib borilgan ishlar davomida mamlakat janubidagi Uilshir grafligida ichida 15 kishi bo‘lgan yana bir yuk mashinasi topildi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar berdi.
Odamlar yuk mashinasi atrofida shubhali harakatlar kuzatilgani haqidagi xabardan keyin topilgan.
Politsiyaning ma'lumotlariga ko‘ra, migrantlarning ahvoli qoniqarli holatda bo‘lib, ular ushlangan.
Bir necha kun avval politsiya Esseks grafligidagi Greys sanoat hududida ichida 39 jasad bo‘lgan yuk mashinasini aniqlagandi. Dastlab barcha halok bo‘lganlar Xitoy fuqarolari ekani ma'lum qilingan. Biroq keyinroq ular orasida kamida 3 vetnamlik bo‘lishi mumkinligi haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
23:26 / 19.05.2025