Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda yirik firibgarlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Buxoro shahar IIOFMBga bir firibgardan jabr chekkan fuqarolardan ketma-ket arizalar tusha boshladi, deb yozmoqda «Postda» nashri.
Ma'lum bo‘lishicha, N.S. 2018 yil sentabr oyi boshlarida Buxoro shahrida yashovchilar M.K.dan 33 900 AQSh dollarilik tilla taqinchoqlar va kiyim-kechaklarni, R.D.dan jami 67 295 000 so‘mlik tilla taqinchoqlarni qisqa muddatlarda sotib berishni va'dalashib olgan. Lekin u kelishilgan pullarni hozirgi kunga qadar qaytarmagan.
Bundan tashqari, o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019 yil may oyi boshlarida viloyat markazida yashovchi S.M.dan 22 dona “ROSSO” nomli televizorlarini olib, uni ham chuv tushirgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025