O‘zbekiston | 16:20 / 08.11.2019
37948
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank raisi o‘rinbosarlaridan biri boshqa ishga o‘tkazildi

O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Orif Aliboyevich Bo‘tayev o‘z lavozimini tark etdi.

Kun.uz manbasi xabar qilishicha, Orif Bo‘tayev «O‘zsanoatqurilishbank» raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Orif Bo‘tayev / Markaziy bank

Orif Bo‘tayev 1983 yilda tug‘ilgan, 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2012 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

U muqaddam Markaziy bankning Kredit ma'lumotlarining davlat reyestrini yuritish departamentini boshqargan, 2018 yilning noyabridan buyon Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid