Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniyada namoyishchilar markaziy Ispaniya va Fransiyaga olib boradigan yo‘llarni to‘sib qo‘ydi
Namoyishchilarning so‘zlariga ko‘ra, jahon hamjamiyati "Ispaniyani mazkur nizoni hal qilishning yagona yo‘li muzokaralar boshlash ekanligini tushunishga majbur qilishi" lozim.
Kataloniya mustaqilligi uchun namoyish o‘tkazayotganlar markaziy Ispaniya va Fransiyaga olib boradigan avtomagistrallarni to‘sib qo‘ydi. Bu haqda EFE agentligi xabar berdi.
Namoyishchilar yo‘llarni o‘z avtomobillari bilan to‘sib qo‘yishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, jahon hamjamiyati "Ispaniyani mazkur nizoni hal qilishning yagona yo‘li muzokaralar boshlash ekanligini tushunishga majbur qilishi" lozim.
Fransiya chegara oldidagi punktlarida va markaziy Ispaniyada politsiyachilar soni oshirilgan.
Avvalroq Ispaniya hukumati raisi vazifasini bajaruvchi Pedro Sanches Kataloniya hech qachon Ispaniya tarkibidan chiqmasligini ta'kidlagandi.
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
18:21 / 18.05.2025