O‘zbekiston | 12:10 / 14.11.2019
29070
2 daqiqa o‘qiladi

400ga yaqin shaxs Straus House ishi bo‘yicha jabrlanuvchi deb e'tirof etildi

Straus House ishi bo‘yicha 400 nafarga yaqin shaxslar so‘roq qilinib, jabrlanuvchi va fuqaroviy da'vogar deb e'tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Straus House MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari yakunlanish arafasida turibdi.

Xabarda aytilishicha, bugungi kunga qadar jinoyat ishi bo‘yicha 400 nafarga yaqin shaxslar so‘roq qilinib, jabrlanuvchi va fuqaroviy da'vogar deb e'tirof etilgan.

Dastlabki tergovning to‘liqligini ta'minlash maqsadida, Straus House MChJ mansabdor shaxslarining jinoiy harakatlaridan jabr ko‘rib, murojaat qilmagan fuqarolar bo‘lsa, o‘zlari yashab turgan hududidagi IIB huzuridagi tergov bo‘limlariga yoki IIV huzuridagi Tergov departamentiga yoxud 71-231-41-28, 71-231-43-02 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, murojaat qilish huquqlari mavjudligi ma'lum qilindi.

«Straus House» ta'sischisi Ibrohim Isroilov mijozlaridan olgan pullarni nimalarga sarflagani ma'lum bo‘ldi

«Strause House» kompaniyasidan jabrlanganlar Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishi so‘ralmoqda

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid