Erdo‘g‘an Trampga “ahmoq bo‘lmaslik” haqidagi maktubini qaytardi

Foto: AP Photo/ Evan Vucci
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uydagi uchrashuvda amerikalik hamkasbiga uning “ahmoq bo‘lmaslik”ka chaqirgan maktubini qaytardi. Bu haqda Erdo‘g‘anning o‘zi uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanda ma'lum qildi.
“Bu maktublarni janob prezidentga qaytardim. Men bu terrorchi Abdi Shaxin [kurdlarning “Suriya demokratik kuchlari” qo‘mondoni Mazlum Kobani Abdi] AQSh kabi davlatning suhbatdoshi bo‘lgani aytilgan maktubdan juda ranjidim. Abdi Shaxin yuzlab fuqarolarimizning o‘limida aybdor bo‘lgan terrorchi hisoblanadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Erdo‘g‘an matbuot anjumanda.
Oktabr o‘rtasida Tramp Erdo‘g‘anga maktub yo‘llab, unda hamkasbini Suriyada kurdlarga qarshi amaliyot boshlamaslikka chaqirgan. Tramp aks holda Turkiya iqtisodiyotini yo‘q qilish bilan tahdid qilgan.
“Keling, yaxshi bitim haqida kelishib olaylik. Siz minglab odamlar o‘ldirilishi uchun javobgar bo‘lishni istamaysiz, men esa Turkiya iqtisodiyoti barbod bo‘lishi uchun javobgar bo‘lishni istamayman, men esa buni qila olaman”, deb yozgan AQSh prezidenti maktubda.
Tramp maktubida, shuningdek, Erdo‘g‘anni “keskin va ahmoq bo‘lmaslikka” chaqirgan va Mazlum Kobani u bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma'lum qilgan.
Turkiya esa bu maktubga Suriya shimolida harbiy amaliyot boshlash bilan javob qaytargan. O‘shanda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu “Turkiya bunday maktublar olish uchun munosabatlar darajasi bunchalik tubanlashganini hali ko‘rmagandi”, deb aytgan.
Mavzuga oid

20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi

10:26 / 16.05.2025
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor

17:14 / 14.05.2025
Erdo‘g‘an KIP haqida: Terror va zo‘ravonlik davri nihoyasiga yetdi

13:49 / 12.05.2025