Jamiyat | 23:06 / 14.11.2019
6914
2 daqiqa o‘qiladi

Ibrat: «Turonbank» oqqonga chalingan bemorlarga 50 mln so‘mlik dorilar taqdim etdi

Biz havas qiladigan rivojlangan davlatlarda badavlat insonlarning mavqei qilgan xayriyalariga ko‘ra belgilanishi ma'lum. Yurtimizda ham nafaqat qo‘li ochiq, og‘ir vaziyatdagi bemorlarga yordam qo‘lini cho‘zadigan insonlar, balki saxovatli tashkilotlar ham bor. Ana shunday tashkilotlardan birining ibratli aksiyasiga guvoh bo‘ldik.

Har bir dard ham o‘zicha murakkab. Ammo shunday og‘ir kasalliklar borki, har qanday insonni gandiraklatib, ko‘makka muhtoj qilib qo‘yadi. Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot markazida aynan ana shunday og‘ir bemorlar davolanadilar. Yurtimizdagi ko‘plab saxiy odamlar ularning sog‘ayib ketishlari uchun xayriyalar qiladilar, Kun.uz sayti ham bunday aksiyalar uyushtirishda baholiqudrat o‘z hissasini qo‘shadi.

Biz kuzatgan voqelik, ya'ni bankning oz emas, 50 million so‘mlik dori-darmonlarni bu markazda davolanayotgan bemorlarga beg‘araz taqdim etishi har qanday kishini to‘lqinlantirmay qo‘ymaydi.

Aksionerlik tijorat “Turonbank” xodimlari shifoxona yoki dorixona hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazish bilan cheklanib qolmay, o‘zlari shifoxonaga bevosita tashrif buyurib, bemorlar holidan xabar oldilar va dori-darmonlarni topshirish asnosida ular bilan suhbatlashdilar.

Har narsada hikmat bor, har yaxshilikda ibrat! Istardikki “Turonbank”ning bu xayriya tadbiri yurtimizda faoliyat yuritayotgan boshqa tashkilotlarga, tadbirkorlarga ibrat bo‘lsa. Zero shifoxonalarda muhtoj bo‘lib turganlar uchun har qanday ko‘makning o‘rni bor.

Mavzuga oid