«0:6 ni eslash kifoya» - Azamat Abduraimov Abramovni tanqid qildi
O‘zbekiston o‘smirlar milliy jamoasi murabbiyi Azamat Abduraimov JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindan so‘ng milliy jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovni tanqid qildi.
«Abramovning o‘yini tushunarsiz va biz bunday futboldan ko‘p marta kuyib qoldik. Olimpiyachilarning muvaffaqiyatsizligi va Avstraliya bilan 0:6 ni eslash kifoya. Afsuski nechanchi marta bir xil holatda jabr ko‘ryapmiz»,— deb izoh qoldirdi Abduraimov Facebook`da yozilgan postlardan birida.
O‘zbekiston milliy jamoasi Saudiyaga qarshi o‘yinning 85-daqiqasida 2:1 hisobida oldinda borayotib ikkita gol o‘tkazib yubordi va mag‘lub bo‘ldi. Abduraimov eslagan olimpiya jamoasining o‘yini 2012 yilgi London Olimpiadasi saralashi doirasida o‘tkazilgan va o‘shanda ham Abramov boshchiligidagi jamoa 2:0 hisobida oldinda borayotganda 3 ta gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:51 / 21.11.2024
Tahlil. Milliy jamoada «3-4-3»ni qanday ishlatyapmiz?
13:11 / 21.11.2024
We Global Football: O‘zbekiston Osiyodan JCh-2026ga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqish uchun 4-da’vogar
15:20 / 20.11.2024
«Ikki qutbli jamoa». Natija, o‘yin, iste’fo va imkoniyatlar haqida
01:45 / 20.11.2024