12ta kasb-hunar kolleji Turizm qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi
Joriy yilning 14 noyabr kuni “O‘zekspomarkazi” milliy ko‘rgazmalar majmuasi xalqaro pavilonida O‘zbekiston Gidlar uyushmasining taqdimoti hamda sohaga doir boshqa muhim masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Taqdimotda qayd etilishicha, O‘zbekiston Gidlar uyushmasi 2019 yil 19 fevralda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda gidlarni birlashtirish, huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashish, gidlik sohasini rivojlantirish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, gidlar xizmatlari sifatini yaxshilashda hamkorlik qilish kabi vazifalar bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Tadbir davomida sohaga oid muhim masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Xususan, bugungi kunda ichki va kirish turizmining rivojlanishi, xorijiy va mahalliy sayyohlar sonining ortib borishi tufayli yurtimizda tajribali gidlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganligi, bu borada malakali gidlarni tayyorlash dolzarb masala ekanligi alohida ta'kidlandi.
Qo‘mita huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti tomonidan 2018 yilda 291 nafar yosh mutaxassis uchun gidlik faoliyati bo‘yicha o‘quv-kursi tashkil etilgan. Bugungi kunda jami 700 dan ortiq gid tegishli sertifikat bilan faoliyat yuritmoqda.
Turizmni rivojlantirish instituti yagona testlashtirish tizimi asosida gidlar, ekskursovodlar va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatlarini berish bo‘yicha o‘z faoliyatini olib boradi.
Prezidentning joriy yil 6 sentyabrida “Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq respublikada turizm sohasi bo‘yicha ixtisoslashgan 12 ta kasb-hunar kollejlari Qo‘mita tasarrufiga o‘tkazildi. Mazkur kollejlarga har yili turizm va servis sohalari bo‘yicha jami 2500-3000 nafarga yaqin o‘quvchilar qabul qilinadi va 2020 yildan boshlab yangilangan o‘quv dasturlari asosida faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Tadbir yakunida mamlakatda gidlar faoliyatini rivojlantirish, ularning malakasini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida O‘zbekiston gidlar assotsiatsiyasi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
14:51 / 19.06.2024
Kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar tashkil etiladi
13:41 / 05.06.2024
Abituriyentlar uchun qabul boshlandi – bu safar faqat OTMga emas, kollej, texnikumlarga ham
14:14 / 07.04.2024
O‘zbekistonda joriy o‘quv yilida kollejlar soni keskin kamaydi
14:48 / 08.11.2023