Deputatlikka nomzodlarning mutaxassisligi, ma'lumoti va yoshi ochiqlandi
Bugun, 15 noyabr kuni, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatligiga partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarni rasman ro‘yxatga oldi. Bu haqda Qonunchilik palatasi saylovlarini yoritish bo‘yicha Xalqaro Matbuot markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, nomzodlar qo‘yilgan saylov okruglari soni 750tani tashkil etadi. Qonunchilik palatasi deputatligiga yangidan nomzod etib qo‘yilganlar sonida 440 nafarini erkaklar (58,7 foiz) va 310 nafarini ayollardir (41,3 foiz). Deputatlikka qaytadan nomzod etib qo‘yilganlar soni - 37 nafari erkaklar (4,9 foiz), 6 nafari ayol (0,8 foiz).
Shuningdek, deputatlikka nomzodlarning eng ko‘pi pedagog mutaxassisligiga ega - 223 nafar. Iqtisodchilar 143 nafar, shifokorlar 93 nafarga teng. Keyingi o‘rinlardan muhandislar (65), huquqshunoslar (52), agronomlar (30), jurnalistlar (24), tadbirkorlar (18), faylasuflar (8), siyosatshunoslar (3) va boshqalar (91) joy oldi.
Bundan tashqari, nomzodlarning 687 nafari o‘zbeklar, 25 nafari qoraqalpoqlar, 13 nafari tojiklar, 7 nafari ruslar, 6 nafari qozoqlar, 4 nafari koreyslar, 3 nafari qirg‘izlar, 2 nafari tatarlar va 3 nafari boshqa millat vakillaridir.
Nomzodlar orasida 22 nafar fan doktori bor. Fan nomzodiga ega bo‘lgan nomzodlar soni 52 nafarga teng, oliy ma'lumotlilar soni - 750 nafar.
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning 341 nafari (45,5 foiz) 41-50 yoshdagilar bo‘lsa, 227 nafari (30,3 foiz) - 31-40 yoshdagilar, 156 nafari (20,8 foiz) 51-60 yoshdagilar, 14 nafari (1,9 foiz) 25-30 yoshdagilar hamda 12 nafari (1,6 foiz) 60 yoshdan kattalardir.
Mavzuga oid
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
14:13 / 21.11.2024
Akmal Saidov Shavkat Mirziyoyevga: “Yangi O‘zbekiston parlamentining me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”
17:59 / 20.11.2024
Prezident normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik bilan muhokama qilinmayotganiga e’tiroz bildirdi
11:07 / 20.11.2024