Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuriy Syomin: «Shomurodov – top-futbolchi, u istalgan jamoada o‘ynay oladi»
Moskvaning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi Yuriy Syomin jamoasining qishki transfer maqsadlari haqida gapirib, Eldor Shomurodov borasida fikr bildirdi.
- Eshitgandirsiz, «Rostov»da moliyaviy muammo yuzaga kelgan. Hali boshqa klublar harakatga tushmasidan, Normann, Shomurodov variantini ko‘rib chiqmaysizmi?
- Normann, Shomurodov, Yeryomenko – istalgan jamoada o‘ynay oladigan, top darajasidagi futbolchilar, ammo «Rostov»ning pulsiz qolgani haqidagi gaplarni hozircha izohsiz qoldiraman. Balki bu odatiy bema'ni gapdir? Hozircha ularda hammasi joyida, shunday ekan bunday gaplarga ishonish qiyin»,– deydi «Lokomotiv» ustozi savolga javoban.
Rossiya chempionati 16-turidan so‘ng amaldagi chempion «Lokomotiv» 31 ochko bilan 2-o‘rinda, «Rostov» esa 30 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025
Eldor Shomurodov – yana bir bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari
09:50 / 20.04.2025