IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi
Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019 yil 16 noyabrdagi buyrug‘iga asosan polkovnik Baxtiyor Erkinovich Berdialiyev Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Abduvohid Ismoilov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangandi.
Mavzuga oid

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

19:36 / 14.03.2025
«Har bir tizimda bunaqalar bor» – IIV mas’uli nopok xodimlar haqida

18:31 / 11.03.2025