Light | 09:00 / 17.11.2019
19796
1 daqiqa o‘qiladi

Mandarinning foydasi va zarari ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

Parhezshunoslar kuz-qish mavsumida ayniqsa sevib iste'mol qilinadigan mandarinning inson uchun foydali va zararli tomonlarini ma'lum qilishdi.

“Nordon mandarinlar oshqozon-ichak yo‘liga ta'sir qilib, och qoringa yoki mandarinlardan diyeta saqlayotganlarga ziyon yetkazishi mumkin”, deb ma'lum qilgan shifokor Yelena Solomatina. 

Mutaxassisning ta'kidlashicha, mandarinning parhez xususiyatlariga qaramay, unda bir qoshiq shakar bo‘ladi, bu esa qand kasaliga ega odamlarga ziyon yetkazishi mumkin. Boshqa barcha hollarda bu meva juda foydali hisoblanadi.

“Unda bir qator foydali moddalar: kaliy, S vitamini, yallig‘lanishga qarshi antioksidantlar bor. S vitamini immunitetni mustahkamlaydi. Yana mandarinlar bakteriyalarga qarshi ta'sirga ega. Bu xususiyat mandarinda apelsindan kuchliroqdir”, deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis. Solomatinaning ta'kidlashicha, mandarin sharbati sirtqi qo‘llashda ham foydalidir.

Mavzuga oid