Sport | 11:03 / 19.11.2019
25376
1 daqiqa o‘qiladi

Messi Kavaniga: «Sen bilan xohlagan paytingda urishaman»

Argentina – Urugvay o‘rtoqlik o‘yinida Lionel Messi va Edinson Kavani o‘zaro janjallashishdi, deb xabar beradi Ole.

Manbaning xabariga ko‘ra, epizodlarning birida futbolchilar o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Kavani Messini jangga taklif etdi, Leo esa «Xohlagan paytingda» deb javob berdi.

Janjalni jamoadoshlar to‘xtatib qo‘yishdi. Natijada o‘yin davom ettirildi.

Tel-Avivdagi «Blumfild» o‘yingohida o‘tgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Urugvay tarkibida Luis Suares va Edinson Kavani, Argentina safida esa Serio Aguero va Lionel Messi gol urishdi.

Eslatib o‘tamiz, Messi avvalroq Braziliya bosh murabbiyi Tite bilan ham mojaroga borgan edi.

Mavzuga oid