Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston – Falastin uchrashuviga qancha chipta sotilgani ma'lum bo‘ldi. O‘yinga qiziqish yuqori emas
Foto: Tribuna.uz
19 noyabr, seshanba kuni O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi «D» guruhi 6-turi doirasida Falastin terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida kechadigan muhim bahsga muxlislarning qiziqishini yuqori deb bo‘lmaydi. Chiptalar onlayn-sotuvi bilan shug‘ullanadigan «Iticket.uz» sayti ma'lumotlariga binoan, o‘yin kuni - 19 noyabrgacha sotuvga chiqarilgan 30 ming donadan ko‘proq chiptaning 22 356 donasi hali sotuvda turibdi. Bundan bilish mumkinki, O‘zbekiston – Falastin uchrashuviga hozircha, taxminan 8 ming donadan ko‘proq chipta sotib bo‘lingan.
Taqqoslash uchun, 15 noyabr kungi O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni (2:3) uchrashuvigacha 25 ming dona chipta sotilgan bo‘lib, o‘yin kuni qolgan 5 ming chipta sotuvga chiqarilgandi.
Milliy terma jamoamiz ishtirokidagi o‘yin chiptasi sotuvi «Paxtakor» stadioni kassalarida davom etmoqda. Ushbu uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
23:20 / 25.05.2025
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
17:55 / 21.05.2025
G‘arbning asosiy davlatlari Falastinni tan olmoqchi. Bu nimani o‘zgartiradi?
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
22:36 / 17.05.2025