FVV Qamchiq dovonidan harakatlanuvchi haydovchilarga murojaat bilan chiqdi
Gidrometeorologiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 21-25 noyabr kunlari A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m.gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 17-22 m.gacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin mutaxassis tavsiyalari bilan chiqdi.
Ular:
avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;
dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;
avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;
haydovchilarning «Qamchiq» dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo‘llarda to‘xtab dam olishlari;
viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi.
«Qamchiq» dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
«Qamchiq» Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi - (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38, 10-50.
O‘zingiz hamda yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ymang!» - deyiladi FVV ma'lumotida.
Mavzuga oid
10:46 / 15.11.2024
Qoidabuzarlik qilgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi
19:07 / 12.11.2024
FVV avtomobili vazirlik binosiga kirishda qo‘pol qoidabuzarlik qildi
15:57 / 07.11.2024
Is gazi qanday qilib insonlar o‘limiga sabab bo‘ladi? FVV mas’uli izoh berdi
20:33 / 14.10.2024