Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL finalini o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi
Qit'amizning klublar miqiyosidagi eng nufuzli musobaqasi – Osiyo Chempionlar ligasining 2019 yilgi mavsumi ham nihoyasiga yetish arafasida turibdi. 24 noyabr kuni turnir g‘olibi nomi ma'lum bo‘ladi.
Finalning javob bahsida Yaponiyaning “Urava Red Daymonds” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublari o‘ynaydi. Saudiya Arabistonida o‘tgan dastlabki bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
OFK Yaponiyada o‘tkaziladigan javob bahsini o‘zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirdi. Bosh hakam – Valentin Kovalenko. Unga Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Aziz Asimov hamda Ilgiz Tantashev yordam berishadi. Zaxira hakami – Ruslan Serazitdinov.
Osiyo Chempionlar ligasi-2019
Final. Javob bahsi
“Urava Red Daymonds” – “Al-Hilol”
Bosh hakam: Valentin Kovalenko (O‘zbekiston)
Yordamchi hakamlar: Andrey Tsapenko (O‘zbekiston), Timur Gaynullin (O‘zbekiston).
Qo‘shimcha yordamchi hakamlar: Aziz Asimov (O‘zbekiston), Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston).
Zaxira hakami: Ruslan Serazitdinov (O‘zbekiston).
Nazoratchi: Srinivasan Suresh (Hindiston)
Komissar: Muhammad Sayfiddin bin Abu Bakr (Malayziya).
Mavzuga oid
23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi
21:13 / 17.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni mag‘lub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi
23:07 / 21.10.2024
OChL. «Paxtakor» Iroqda durang qayd etib, 8-o‘rinda qoldi
21:16 / 02.10.2024