Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yekaterinburgda O‘zbekiston fuqarosi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yil 21 noyabr kuni O‘zbekiston fuqarosi A.M.ning yong‘in va is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etganini ma'lum qildi.
Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, hamyurtimiz ushbu shaharga 16 noyabr kuni ishga joylashish maqsadida kelgan edi.
Bildirilishicha, ayni paytda Rossiya vakolatli organlari tomonidan tergov oldi tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan oblasti, Sverdlovsk oblasti, Tyumen oblasti, Chelyabinsk oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025