Fan-texnika | 07:35 / 24.11.2019
20097
2 daqiqa o‘qiladi

Tesla yangi elektropikapiga 2 kun ichida 146 mingta buyurtma oldi

Foto: Tesla

Tesla asoschisi Ilon Mask kompaniya yangi elektromobili – Cybertruck pikapiga 146 mingta buyurtma olganini ma'lum qildi. 

Tesla yangi elektromobiliini 22 noyabrga o‘tar kechasi taqdim qilgandi. Mashina dizayni “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi” fantastik filmidagi mashinaniki kabi bo‘lib, uning eng arzon varianti 39990 dollardan, bir quvvatlanishda 300 mil (550 km) yuruvchi varianti 49 990 dollardan va 500 mil (900 km) yuruvchi va 3 ta elektromotorli varianti 69990 dollardan sotilishi rejalashtirilgan.   

“Ayni vaqtda 146 mingta buyurtma olindi. 42 foiz buyurtmachi 2 motorli, 41 foizi 3 motorli va 17 foizi bir motorli variantni tanladi. Hech qanday reklamasiz”, deb yozgan Mask tvitterda. 

Mask mashina taqdimoti vaqtida yangi pikap tom ma'noda o‘q o‘tkazmaydigan ekanini, uning eshiklari SpaceX raketalari yaratilishida qo‘llanadigan qotishmadan ishlanishini aytgan. Biroq mashinaning zarbalarga chidamli deb ta'riflangan oynasini namoyish vaqtida sindirishga muvaffaq bo‘lingan. Mask esa bunda qo‘llangan metall sharcha chetga uchib ketib, mashina saloniga tushmaganini qayd qilib o‘tgan.

Mavzuga oid