Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada 5 kilogrammlik oltin tanga zarb qilindi
Britaniya qirollik zarbxonasi mamlakat tarixidagi eng yirik kolleksion oltin tangani zarb etdi. Tanganing diametri 17,5 sm, og‘irligi 5 kilogramm va qiymati 5 ming funt sterlingni (6437 dollar) tashkil qiladi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar berdi.
Tanga Buyuk o‘ymakorlar seriyasiga kirib, old tomonida yozuvchi Edmund Spenserning “Parilar qirolichasi” poemasining qahramoni Una va unga hamrohlik qiluvchi sher tasvirlangan. Una qirolicha Viktoriyani (1819-1901), sher esa Britaniya xalqini ifodalaydi. Tanganing orqa tomonida esa qirolicha Viktoriyaning yon tomondan ko‘rinishi tasvirlangan.
Zarbxona bosh o‘ymakori Gordon Sammersning aytishicha, gigant-tangani yaratishda o‘ymakorlikning an'anaviy usullari bilan birga zamonaviy texnologiyalar qo‘llangan. Tanga sotilgan, biroq u necha pulga ketgani ma'lum qilinmagan.
Ushbu seriyaga kamroq og‘irlikdagi – 2 kglik tangalar ham kirgan. Ma'lum qilinishicha, shunday tangadan 4 dona chiqarilmoqchi. Ularning har biri narxi 154,5 ming dollargacha yetadi. Kolleksiyaga, shuningdek, shunday dizayndagi kichik kumush tangalar ham kirgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025