Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Butunjahon Shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar taqdirlandi
28 oktabr – 6 noyabr kunlari Turkiyaning Chorum shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar orasida Butunjahon Shaxmat olimpiadasi o‘tkazildi.
38 davlatdan 44 jamoa, umumiy hisobda 300dan ortiq sportchi qatnashgan musobaqada O‘zbekiston milliy jamoasi shaxmatchilari Ozarboyjon milliy jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni egalladilar. Uchinchi o‘rin Belarus milliy jamoasiga nasib qildi.
Nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini Xalqaro toifadagi grossmeysterlar – Abdusattorov Nodirbek, Sindarov Javohir, FIDe sport ustasi Kasimov Ali, Madaminov Muhiddin, FIDe sport ustasi Omonova Umida himoya qilishdi. Ularga Yuldashev Saydali murabbiylik qildi.

Sportchilarning musobaqada qatnashish xarajatlari Raqamli iqtisodiyotni qo‘llab quvvatlash «Raqamli ishonch» fondi tomonidan moliyalashtirildi.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Osiyo Shaxmat federatsiyasi prezidenti Shayx Sulton bin Xalifa Ol Nahayon O‘zbekiston milliy jamoasini muvaffaqiyat bilan qutlab, tabriknoma yo‘lladi.
Mavzuga oid
21:24 / 23.09.2024
Prezident shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini tabrikladi
15:23 / 11.09.2024
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi boshlanmoqda. O‘zbekiston turnirda amaldagi chempion sifatida qatnashadi
17:17 / 10.08.2022
«Endi «Ular o‘zbeklar!» deb kelishadi» – prezident shaxmat olimpiadasi to‘g‘risida to‘xtaldi
13:26 / 08.08.2022