Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank raisi: «Qayta moliyalash stavkasi pasayadi»
O‘zbekistonda qayta moliyalash stavkasi pasayadi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qayta moliyalash stavkasi pasaymadi. U doim ko‘tarilgan. O‘ylaymanki, 6 oydan so‘ng qayta moliyalash stavkasi pasayadi. Bu, o‘z navbatida, kredit va depozitar siyosatga ijobiy ta'sir qiladi», - dedi u 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, shu yil 19 oktyabrida Markaziy bank boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi milliy valutadagi depozitlar hamda kreditlar bo‘yicha real foiz stavkalari ijobiyligi ta'minlanganda, iqtisodiyot uchun maqbul ekanligini ta'kidladi.
«Qayta moliyalash stavkasini hozirgi darajada saqlab turib, Markaziy bank bir vaqtning o‘zida makroprudensial nazorat choralarini ko‘radi. Uning mohiyati moliya bozoridagi nomutanosibliklarni bartaraf etish va butun iqtisodiyotning moliyaviy barqarorligini ta'minlash uchun banklar tomonidan kredit berishga nisbatan cheklangan yondashuvdir», - deyiladi MB ma'lumotida.
Mavzuga oid
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
12:24 / 24.04.2025