Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada bankni o‘yinchoq to‘pponcha bilan o‘marmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit 9 yilga qamaldi
Rossiyaning Nijnevartovsk shahar sudi O‘zbekistonning 24 yoshli fuqarosiga hukm chiqardi.
U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 162-moddasi 4-qismi «b» kichik bandida (katta miqdorda sodir etilgan talonchilik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Sudning aniqlashicha, 2019 yil yanvar oyida yigit yirik banklardan birining mahalliy bo‘limiga borgan.
U qo‘lida o‘yinchoq to‘pponchani ushlab, uni bank xodimlari va bankka kelgan shaxslarga o‘qtalgan hamda naqd pul berilishini talab qilgan. O‘sha kuni bo‘limning kassa xonasida 3 million rubl, 12,5 ming AQSh dollari va deyarli 13 ming yevro bo‘lgani aytilmoqda.
Ammo, bank xodimasi ko‘rsatilgan xonaga kirish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida aytganidan so‘ng, yigit jinoyat sodir etilgan joydan yashiringan.
Sud O‘zbekiston fuqarosini 8 yil-u 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025