Light | 12:05 / 26.11.2019
44363
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning eng baland binosi qayerda joylashganini bilasizmi? «Moskva-Siti»dan Kun.uz fotoreportaji

Kun.uz muxbirlari mehnat safari bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi. Ular safar doirasida Moskva shahrining diqqatga sazovor joylarini ham borib ko‘rishdi. Quyida «Moskva-Siti»dan olingan fotosuratlar bilan tanishish imkoniga egasiz.

Moskva xalqaro ishbilarmonlik markazi – «Moskva-Siti» Rossiya poytaxtining Presnenskiy sohilbo‘yida rivojlanib borayotgan ishbilarmonlik hududidir. Ma'muriy jihatdan Moskva shahrining Markaziy ma'muriy okrugi, Presnen tumani qismi hisoblanadi. 

«Moskva-Siti» doirasida ishbilarmon faollik hududi tashkil etilmoqda. U biznes va yashash xonadonlari, qulay hayot uchun keng imkoniyatlarni birlashtiradi. Ushbu loyihani ishlab chiqish va rivojlantirishni «Siti» OAJ amalga oshirib kelmoqda. «Tsentr-Siti» DUK esa texnik buyurtmachi va davlat mulkini nazorat qiluvchi hisoblanadi. 

«Moskva-Siti» qurilishi bir vaqtlar tosh maydalaydigan hududda qurilmoqda. Uning umumiy maydoni 100 gektarga yaqin. Shundan 60 gektari bino-inshootlar uchun ajratilgan. 2014 yili bu yerga kiritilgan sarmoyalar hajmi 12 mlrd dollarni tashkil etdi. 2016 yilga kelib, «Moskva-Siti» hududida 23ta loyihadan 12tasi qurib, foydalanishga topshirildi. Yana 7tasi qurilmoqda, 4tasi loyihalashtirilmoqda. «Moskva-Siti» osmono‘par binolari xususiy investorlar mablag‘lari hisobiga barpo qilinmoqda. 

Ushbu majmuaga kiruvchi «Gorod Stolits» binosi Yevropadagi eng baland bino hisoblanib, 354 metrni tashkil etadi. Uning tashqi kuzatuv maydoni bino tomida joylashgani bilan e'tiborlidir.

Mavzuga oid