Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada halok bo‘lgan 39 vetnamlikdan 16 nafarining jasadi vataniga jo‘natildi
Oktyabrda Britaniyada yuk mashinasi ichida o‘lik holda topilgan 39 vetnamlikning 16 nafari jasadi Vetnamga jo‘natildi. Bu haqda VnExpress nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, jasadlar ortilgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 5da Xanoydagi Noybay aeroportiga qo‘ngan. Qolgan jasadlar ham keyinroq Vetnamga yetkaziladi.
Esseks grafligi politsiyasi 23 oktyabrda Britaniyaga Belgiyadan kelgan yuk mashinasida 39 jasadni aniqlagandi. Halok bo‘lganlar dastlab xitoyliklar deb taxmin qilingan, biroq keyinroq ular vetnamlik bo‘lgani aniqlangan. Politsiya ushbu voqea bo‘yicha bir necha kishini, jumladan yuk mashinasi haydovchisi 25 yoshli Moris Robinsonni hibsga olgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025