Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irlandiya hukumati bitta printer uchun bir million yevrodan ortiq pul sarfladi
Irlandiya qonun chiqaruvchilari printer sotib olish va uni o‘rnatish uchun bir million yevrodan ortiq pul sarflashdi, deb xabar berdi RTE telekanali.
Yaponiyaning Komori kompaniyasi ishlab chiqargan zamonaviy printer 800 ming yevroga sotib olindi. Printer o‘tgan yilning dekabrida parlament binosiga olib kelinganida uning balandligi 2,1 va eni 1,9 metrligi hamda eshikdan sig‘masligi ma'lum bo‘ldi. Eshik va devorni printer sig‘adigan qilib kattalashtirish uchun buzish-qurish ishlariga yana 236 ming yevro ketdi.
Printer sentyabrda parlament binosiga olib kirib o‘rnatildi, bungacha u qariyb o‘n oy omborxonada yotdi.
Parlament quyi palatasi a'zosi Peter Finnigan ushbu holat bo‘yicha surishtiruv boshladi va printerni sotib olish hamda uni o‘rnatish bilan bog‘liq barcha xarajatlar bo‘yicha joriy haftada hisobot berilishini talab qildi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
11:08 / 06.03.2025
Irlandiya Kiyevga maxsus topshiriqli kuchlarni yuborishi mumkin
19:19 / 24.02.2025
Britanlar Irlandiya fuqaroligini olish uchun rekord darajada ariza berdi
19:00 / 25.01.2025