Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2020 yilda temir yo‘l va havo transporti bozorida raqobat muhitini shakllantirmoqchi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2020 yilga mo‘ljallangan asosiy vazifalarini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, sog‘lom raqobat muhitini yanada yaxshilash hamda biznesni yuritish uchun teng imkoniyatlarni yaratishga yo‘naltirilgan monopoliyaga qarshi samarali siyosatni amalga oshirish maqsadida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan prezidentning 2019 yil 18 noyabrdagi №PF-5877-sonli “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga kiritish uchun quyidagi takliflar tayyorlangan:
• tadbirkorlik sub'yektlarini va umuman xususiy mulkning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash, butun huquq tizimining rolini oshirish, shaffofligini ta'minlash va ish sifatini yanada yaxshilash yordamida amaldagi qonunlarga so‘zsiz rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish;
• o‘zaro raqobatlashuvchi tovar va moliya bozorlarida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini qisqartirish va raqobatlashuvchi bozorlarda davlat korxonalarini tuzishga taqiq qo‘yish;
• davlat organlari (transport, tog‘-kon, energetika va boshqalar) tomonidan iqtisodiy funksiyalar amalga oshiriladigan tabiiy monopoliyalarning ikkilamchi funksiyalarini ta'minlashga xususiy sektorni jalb etish;
• tanlov asosida, shu jumladan DXSh (davlat-xususiy sheriklik) mexanizmini qo‘llash yordamida elektr va gaz ta'minoti sektoriga xususiy investorlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish va ularga qulayliklar yaratish;
• temir yo‘l va havo transporti xizmatlari bozoriga ishtirokchilarning kirishini ochish va xususiy operatorlar sonini ko‘paytirish orqali raqobat muhitini shakllantirish, tarif va narxlarni MDH davlatlari va asosiy tashqi savdo va turistik yo‘nalishlar hududidan o‘tuvchi boshqa davlatlardagi tarif va narxlardan oshmaydigan darajagacha pasaytirish, xususiy temir yo‘l va havo transporti bozorini tasdiqlash;
• monopol korxonalar va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va monopol mahsulotni realizatsiya qilish hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish shaffofligini ta'minlash tartibini joriy etish yordamida, monopol korxonalar va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar mahsulotlari narxlarini shakllantirish transparentligini ta'minlash;
• amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan individual soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini qaytadan tanqidiy ko‘rib chiqish va imtiyoz va preferensiyalarni berish, faoliyat olib borishga eksklyuziv huquqlar berish, raqobat muhitiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarga berilgan eksklyuziv huquqlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olishda monopoliyaga qarshi talablarni kiritish;
• nohalol raqobat, suiiste'molchilik hamda mahalliy va import tovarlar narxlarini asossiz oshirish holatlari oldini olish amaliyotini takomillashtirish;
• davlat xaridlari, tenderlarni amalga oshirishda va resurslarni (shu jumladan, yoqilg‘i-energetika va tog‘-kon sanoati) taqsimlashda ular o‘tkazilishining shaffofligini oshirish orqali bozor mexanizmlarini rivojlantirish.
Mavzuga oid
17:18 / 14.11.2024
Elektromobil bozorini qisish uchun oxirgi bir yilda nimalar qilindi?
20:33 / 13.11.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» 1 dekabrdan yuk tashish tariflarining vagon qismini 30 foizga oshiradi
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
14:06 / 26.10.2024