Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MTP vakili: «O‘zbekistonlik tadbirkorlarning aksariyati sud tizimi faoliyatidan norozi yoki unga ishonmaydi»
27 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro Matbuot markazida tadbirkorlik yo‘nalishidagi muammolar va uning istiqbollariga bag‘ishlangan Xalqaro press-klub sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan spikerlar O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar, yangilanayotgan qonunchilikni ta'kidlagan holda, bu yo‘nalishdagi muammolar qaysi tizimlarda saqlanib qolayotganiga e'tibor qaratishdi.
Jumladan, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi vakili Mirodil Abdurahmonovga ko‘ra, o‘zbekistonlik tadbirkorlarning aksariyati sud tizimi faoliyatidan norozi yoki unga ishonmaydi.
«Afsuski, sudlarimiz faoliyatida hali ochiqlik, shaffoflik yoki tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash degan tushunchalar to‘la ishlayotgani yo‘q.
Bir misol keltiraman: yaqinda Liberal demokratik partiya vakillari televideniyeda chiqish qilishdi. Ularning aytishicha, partiya vakillari tadbirkor tarafda turib sudlarda ishtirok etayotgan ekan, bir nechtasida yutib ham chiqishibdi. Rahmat liberallarga, lekin, sud organlariga savol: biz qachongacha tadbirkorlarning yonini olib, uning tarafida turib sudlarda qatnashishimiz kerak?
Axir, sudlar va undagilarning ongi, dunyoqarashi o‘zgarmasa, bunday holatlar davom etaveradi-ku? Biz sudlardan tadbirkorni himoya qilishimiz kerak emas, sud tizimining o‘zi ishlashi kerak-da!
Yaqinda bir fermer bizga murojaat qildi. Uning aytishicha, sudga hujjatlarni bir kun kechikib topshirgani uchun, iqtisodiy sud butunlay qarshi tomon foydasiga qaror chiqarib bergan.
Prezident sud vakillari bilan uchrashganda tadbirkorlar xursand bo‘lishgandi, endi adolat qaror topadi deb, lekin haligacha sudlar bu ishonchni oqlagani yo‘q», deya Mirodil Abdurahmonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025