Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlik bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi qabul qilinadi
2019 yil 27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Xalqaro migratsiya tashkilotining Sharqiy Yevropa, Janubi-sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Argentina Sabadosh boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Senat axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda migratsiya masalalari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, fuqarolarning mehnat huquqlarini ta'minlash masalalari muhokama etildi.
Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan takliflar bildirildi. Xususan, tomonlar Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 2020-2021 yillarga amaliy chora-tadbirlar rejasini qabul qilishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi
19:32 / 25.04.2025