Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘chqorov: 2020 yildan boshlab mobil aloqa uchun aksiz solig‘i miqdori aholi sonidan kelib chiqib qayta taqsimlanadi
2020 yildan boshlab mobil aloqa uchun aksiz solig‘i miqdori hududlarning aholi sonidan kelib chiqib qayta taqsimlanadi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida ma'lum qildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bundan tashqari, 2020 yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha yuzaga keladigan manfiy qoldiqni (“0” stavkasini qo‘llashdan tashqari holatlar uchun ham) respublika budjetidan qaytarish tartibi kiritilmoqda.
Soliq ma'murchiligining samaraliligini ta'minlash nuqtai nazaridan, hisob-varaq fakturalar markazlashgan tartibda tahlil qilinib va solishtirilib respublika budjetidan qaytariladi.
Jahon tajribasiga ko‘ra ko‘p davlatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i markazlashgan budjet (federal) daromadi hisoblanadi.
Yagona soliq to‘lovi esa to‘liq mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi, ilgari Pensiya jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmalariga ajratma qilinar edi.
Mavzuga oid
19:28 / 18.12.2024
Toshkentda issiqlik ta’minoti narxlari 2 yilda 4 marta oshiriladi. Lekin bu ham yetarli emasligi aytilmoqda
14:14 / 18.12.2024
“Energetika sohasini subsidiyalash 2028 yildan to‘xtatiladi” – Jamshid Qo‘chqorov
18:33 / 26.11.2024
“Judayam murakkab savol” - Qo‘chqorov tibbiyot xodimlarining maoshi haqida
17:11 / 26.11.2024