Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada dekabrning ilk kuni 127 ta qotillik sodir etildi
1 dekabrda Meksikaning turli qismlarida 127 ta qasddan qotillik sodir etish jinoyati qayd etildi. Ta'kidlanishicha, dekabrning birinchi kuni joriy yil boshidan eng ko‘p qotillik sodir etilgan kun bo‘lgan. Bu haqda Noticias MVS radiostansiyasi xabar berdi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, noyabrda Meksikada kuniga 79 taga yaqin qotillik sodir etilgan. Joriy yilda Guanaxuato, Quyi Kaliforniya, Mexiko, Xalisko va Gerrero shtatlarida zo‘ravonlikning yuqori darajasi kuzatilmoqda. Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador 1 dekabrda, prezident lavozimini bajarishga kirishganining birinchi yilligida jinoyatchilik darajasini pasaytirishni hukumati oldida turgan ustuvor vazifa deb atagan.
Umuman olganda, Meksikada joriy yilning yanvar-oktabr oylari 29,5 mingdan ko‘proq qasddan qotillik jinoyati sodir etilgan. Zo‘ravonlikning bunday avj olishiga javobgarlik katta darajada narkomafiya zimmasidadir.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025