Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda “IFODA” kompaniyasi zavodining to‘liq ishga tushishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi
O‘zbekistonning yetakchi agrokimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanmish – “IFODA” kompaniyasining Namangan viloyatidagi zavodining to‘liq ishga tushishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublikadagi soha mutasaddilari, tarmoq vazirlik va idoralar mas'ullari, “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati va Namangan viloyat hokimligi rahbariyati, xorijiy hamkorlar, dehqonlar, fermer xo‘jaligi va agroklasterlar mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.



Yig‘ilganlar oldida so‘z olgan “IFODA” kompaniyasi bosh direktori Qodirbek Mirzamahmudov, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorovlar o‘n besh yildan ziyod vaqt mobaynida agrar sohaning rivojlanishi va fermerlarning mo‘l hosil yetishtirishi uchun xizmat qilib kelayotgan “IFODA” kompaniyasi zavodining to‘la quvvat bilan ishga tushishi munosabati bilan dil so‘zlarini bildirishdi.



Tantanali ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar guruhlarga bo‘lingan holda korxona ishlab chikarish majmuini ko‘zdan kechirishdi, zavod ishchi mutaxassislari, agronom-entomologlari bilan muloqot qilishdi.
Zavodning maxsus ixtisoslashgan laboratoriyasida
Korxona mahsulotlarining sifati shu yerdagi maxsus ixtisoslashgan laboratoriyada nazorat qilib boriladi. Ushbu laboratoriyada mahsulot namunalarining kimyoviy elementlari tarkibi sinchkovlik bilan tahlil qilinib, uning belgilangan norma va tarkibga qanchalik mosligi, xususan, modda va komponentlarning yetarli miqdorda ekani tahlil qilinadi.



2019 yilda ishga tushgan ixtisoslashgan tadqiqot va rivojlanish Markazining ilmiy darajaga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy mutaxassislari zavodda tayyorlanayotgan preparatlarning yuqori sifatini ta'minlash maqsadida muntazam ravishda tadqiqot ishlarini olib boradilar.
Dehqonlar samara olayotgan sifatli mahsulotlar
“IFODA” kompaniyasi faoliyati bevosita agrar sektor sub'yektlari uchun zarur hamda ekologik xavfsiz bo‘lgan vositalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. O‘z oldiga dunyo bozorida munosib o‘rin egallash kabi ulkan maqsadlarni qo‘ygan korxona 22 yil mobaynida muvaffaqiyat va rivojlanish yo‘lidan borib, bugungi kunda mamlakatimizning yetakchi agrokimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biriga aylandi.




Kompaniya yuqori sifatli mahsulotlarni tayyorlash va yetkazib berish bilan birga, iste'molchilarga – o‘simliklarni himoya qilish madaniyatini oshirishga doir o‘zining yuqori malakali xizmatlarini ham ko‘rsatadi. Kompaniyaning Namangan viloyatida joylashgan zavodi uning ishlab chiqarish tizimidagi asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.
Ilg‘or uskunalar hamda eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur korxona xorij mahsulotlari o‘rnini bosa oladigan va Yevropa standartlari asosida tayyorlanadigan yuqori sifatli o‘simliklar himoya vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mahsulotlarning sifati shu yerdagi maxsus ixtisoslashgan laboratoriyada nazorat qilib boriladi.






Bugun zavodda yiliga 4 000 000 litrgacha pestitsidlar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Shuningdek, turli xildagi organik mineral o‘g‘itlarning keng turlari, jumladan, tomchilab sug‘orishga mo‘ljallangan, suvda eruvchan kukun shaklidagi NPK o‘g‘itlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, o‘simlik barglariga sepish uchun mo‘ljallangan 40 turdan ortiq suyuq o‘g‘itlar tayyorlanadi.
Bir so‘z bilan, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli mahsulotlarning turi 150 nomdan ortiqroqni tashkil qilib, ular ISO 9001:2008 va ISO 9001:2015 sertifikatlariga ega. Respublika bo‘ylab esa 50 ga yaqin malakali agronom va 100 ga yaqin savdo filiallari bilan mijozlarga doimiy sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.



Bugungi kunda 45 ta klaster “IFODA” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, ulardagi 30 ming nafar fermer kompaniya mahsulot va xizmatlaridan foydalanmoqda. “Ifoda” preparatlari qo‘llanilayotgan yer maydonlari hajmi endilikda mamlakat bo‘ylab 2,5 mln. gektardan oshib ketgan.
✅Tafsilotlarni kanalimiz sahifalarida kuzatib boring↙️
🍀 Ifoda birgalikda yetishtiramiz!
KUN.UZ muxbiri
Elmurod Ermatov
Reklama huquqi asosida