O‘zbekiston | 19:00 / 03.12.2019
52274
3 daqiqa o‘qiladi

Gaz to‘ldirish shoxobchalari gaz ta'minoti korxonasiga 30,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani ma'lum bo‘ldi

Joriy yilning 22 noyabr kunidan 1 dekabrgacha «O‘zneftgazinspeksiya», Majburiy ijro byurosi, «Hududgazta'minot» AJ xodimlari va «O‘zstandart» agentligi mutaxassislari tomonidan respublika bo‘ylab joylashgan 72ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) tabiiy gazni qabul qilish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 16ta korxona tomonidan gaz hisoblash uskunasiga (Avtopilot va Avtopilot pro) tashqi ta'sir ko‘rsatilgani natijasida Gaz ta'minoti korxonasiga jami 30 mlrd 441 mln so‘m zarar keltirilgani aniqlangan.

Quyida gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilgani natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgani aniqlangan shoxobchalar ro‘yxati keltiriladi:

  • «Yuksak samara metan gaz» MChJ (Yangiyo‘l tumanida joylashgan). Ushbu korxonaga jami 1 267,2 ming metr kub (1 mlrd 267 mln so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «Ravnaq gaz metan servis» MChJ. Ushbu korxonaga jami 979,2 ming metr kub (979 mln 200 ming so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «Hamkor gaz servis» MChJ. Ushbu korxonaga jami 1 008 ming metr kub (1 mlrd 8 mln so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «Pegas petrolium gaz» MChJ (Bekobod shahrida joylashgan). Ushbu korxonaga jami 1 478,4 ming metr kub (1 mlrd 478,4 mln so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «Yangiyo‘l metan gaz» MChJ (Angren shahrida joylashgan). Ushbu korxonaga jami 3 564,0 ming metr kub (3 mlrd 546 mln so‘m) qayta hisob – kitob qilindi.
  • «Optima gaz servis» MChJ (Ohangaron tumanida joylashgan). Ushbu korxonaga jami 1 008 ming metr kub (1 mlrd 8 mln so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «Oqqo‘rg‘on eko gaz» MChJ (Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan). Ushbu korxonaga jami 604,8 ming metr kub (604,8  mln so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «To‘ytepa voha gaz» MChJ (O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan). Ushbu korxonaga jami 756 ming metr kub (756 mln so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «ZIYO NUR METAN» MChJ (Sirdaryo tumanida joylashgan). Ushbu korxonaga jami 11 844 ming metr kub (11 mlrd 844  mln so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.

«Yuqorida ko‘rsatilgan barcha korxonalarda aniqlangan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutaxassislari tomonidan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi», deyiladi «O‘zneftgazinspeksiya» axborot xizmati xabarida.

Mavzuga oid