O‘zbekiston | 21:50 / 03.12.2019
21183
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiyning qiyofadoshi Umid Isaboyev ishtirokidagi serial suratga olina boshlandi (video)   

Ukraina prezidenti haqidagi “Sluga naroda” (Xalq xizmatkori) serialining Rossiyadagi variantini suratga olish ishlari boshlandi. Unda Ukraina prezidenti rolini Vladimir Zelenskiyning qiyofadoshi Umid Isaboyev o‘ynaydi. 

Foto: Mash

Isaboyev ilk bor kinoda rol o‘ynamoqda. Shu sababli u asta-sekin suratga olish maydonchasiga ko‘nikishni va aktyorlik mahorati sirlarini egallashni boshladi. 

Avvalroq ma'lum qilinganidek, Isaboyevga 4 seriyadan iborat filmda suratga tushish taklif qilingandi. Serial Yaltada suratga olinmoqda.

Isaboyev Moskvada metroda payqalib, surati internetda e'lon qilingach tanilib ketdi. Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Umid hozirda Moskvada oilasi bilan birga yashab, avtobo‘yoqchi bo‘lib ishlaydi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid