Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yong‘inni o‘chirish vaqtida ikki kishining jasadi topildi
2019 yilning 3 dekabr kuni 06:20da Andijon shahri Sanoat MFY Temir yo‘l ko‘chasi 120-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 4 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 06:26da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida uyning 1,5 kv. metr maydonda pol qismi yongan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida, uy egasi, 1965 y.t. fuqaro Sh.T. va uning ayol tanishi 1982 y.t. fuqaro V.S.ning tutundan dimiqqan holda jasadlari topilgan.
Yong‘inning taxminiy sababi - qo‘lbola elektr isitish moslamasidan foydalanish. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
20:09 / 25.05.2025