Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘zbekistonlik 2 yoshli bola zaharlandi. U o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda
Joriy yilning 2 dekabr kuni o‘zbekistonlik ikki yoshli bola ertalab soat 6larda Peterburgdagi shifoxonalardan biriga olib borildi. Rossiya OAV ma'lumotiga ko‘ra, ona bolani e'tiborsiz qoldirgan va u pol yuvishga mo‘ljallangan vositadan zaharlangan.
Shifokorlar bolada o‘tkir epiglotit (kichik til sohasining yallig‘lanishi) hamda qizilo‘ngachning kimyoviy kuyishi yuz berganini aniqlashdi. U o‘ta og‘ir ahvolda ekani aytiladi.
Tekshiruv paytida ma'lum bo‘lishicha, ikki yoshli bolaning oilasi Rossiyaga O‘zbekistondan 6 noyabr kuni kelgan. Peterburgda ro‘yxatdan o‘tishmagan. Bolaning onasiga nisbatan ota-ona majburiyatlarini bajarmaganlik to‘g‘risida ma'muriy bayonnoma tuzildi. Ayol jarimaga tortilishi mumkin.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025