Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada S-400 majmualaridan yana sotib olinishi mumkinligi aytildi
Turkiya ko‘proq miqdorda raketa hujumidan mudofaa tizimlariga ehtiyoj sezadi va ularni NATO bo‘yicha ittifoqdosh bo‘lmagan davlatlardan sotib olishi mumkin, chunki alyansga kiruvchi davlatlardan ularni sotib olishning iloji bo‘lmayapti. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu aytib o‘tdi.
“Men raketa hujumidan mudofaa tizimlarini o‘z ittifoqdoshlarimdan ololmaganim tufayli, ularni boshqa bir kimdan sotib olishga majburman. Kelgusida menga bunday tizimlardan ko‘proq kerak bo‘ladi. Agar Patriot’ni ololmasam, S-400 yoki boshqa tizimlarni sotib olishim mumkin”, deb ta'kidlab o‘tgan Chovusho‘g‘lu Rimda o‘tgan “O‘rta yer dengizi muloqotlari” anjumanida.
“Prezident Tramp Pentagon va o‘z ma'muriyatidan farqli, buni yaxshi tushunadi. Biz bu masala bo‘yicha ishni davom ettirish kerakligiga qo‘shilamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan vazir.
Chovusho‘g‘luning ta'kidlashicha, Anqara NATO ittifoqdoshi, biroq Rossiya bilan qo‘shni. “Biz ulardan [Rossiyadan] gaz sotib olamiz, davlatlarimiz o‘rtasidagi savdo hajmi o‘smoqda. Biz Qrim borasida, Gruziyaning yaxlitligi va Suriyadagi ba'zi masalalar borasida Rossiyaning pozitsiyasiga qo‘shilmaymiz. Men Rossiya bilan hamkorlik qilishim kerak va bu hamkorlik Ostona va Sochida kengaymoqda. Jyeneva formati ham Sochi va Ostonadagi muzokaralar tufayligina hayot”, deb qo‘shimcha qilgan Turkiya tashqi ishlar vaziri.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025