Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya AQSh bilan yadroviysizlash masalasini boshqa muhokama qilmasligini ma'lum qildi
Shimoliy Koreyaning BMTdagi vakili Kim Song Koreya yarimorolini yadroviysizlash masalasi AQSh bilan boshqa muhokama qilinmasligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Diplomatning ta'kidlashicha, Vashington intilayotgan muloqot o‘z ichki siyosiy maqsadlari yo‘lida “vaqtdan yutish uchun nayrang” bo‘lgan va 2020 yilgi AQSh prezidenti saylovlariga taalluqli hisoblanadi.
“Bizga AQSh bilan uzoq kechuvchi muzokaralar kerak emas, yadroviysizlash esa boshqa muhokama qilinmaydi”, deb aytgan Kim Song. Avvalroq Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi AQShni o‘zining “dushmanona siyosatini” o‘zgartirishga chaqirgandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp bunga javoban Pxenyanning nodo‘stona bayonotlaridan taajjubda ekanligini aytgan.
“Shimoliy Koreya dushmanona harakat qilsa, ajablangan bo‘lardim. U [Kim Chen In] menda saylovlar bo‘lishini biladi. U bunga aralashishni istaydi, deb o‘ylamayman. O‘ylashimcha, u nimadir yuz berishini istaydi. Munosabatlarimiz juda yaxshi, biroq muayyan adovat bor, bunga shubha yo‘q”, deb aytgan Tramp.
Kim Chen In aprelda AQShda yil oxirigacha Shimoliy Koreyaga nisbatan yondashuvni o‘zgartirish uchun vaqt borligini va Tramp bilan Xanoydagi oxirgi muvaffaqiyatsiz uchrashuvga qaramay, yana bir bor muzokaralar o‘tkazib ko‘rmoqchiligini aytgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025