Jahon | 17:34 / 09.12.2019
7431
1 daqiqa o‘qiladi

MAGATE rahbari «Chernobil» seriali to‘g‘risida fikr bildirdi

Foto: HBO (2019)

"Chernobil" seriali hujjatli film emas, balki real voqealarga asoslangan badiiy filmdir, dedi Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) yangi bosh direktori Rafael Grossi.

"U ko‘ngilochar serial. Biroq real voqealarga asoslangan badiiy to‘qima. U hujjatli film emasligini unutmaslik lozim. Odamlar bu narsalarni ko‘pincha adashtirib yuborishadi", - dedi Grossi.

Uning fikricha, ushbu halokat jamoatchilik qiziqishini uyg‘otishda davom etadi va butun dunyodagi insonlar xotirasida saqlanib qoladi.

Noyabr boshida Chernobilga sayyohlar kelishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatilgani, bunga "Chernobil" mini-seriali, "elektron chipta" tizimining joriy etilishi, qo‘shimcha infratuzilmaning yaratilishi va yangi yo‘nalishlarning ochilishi sabab bo‘lgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid