O‘zbekiston | 10:54 / 09.12.2019
7408
1 daqiqa o‘qiladi

Retsepsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati yangilandi

Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda retsepsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Yangi ro‘yxatdan 192ta monopreparat (avvalgisi - 188ta), shuningdek, 1032ta kompleks preparat pozitsiyasi (avvalgisi - 1085ta) joy oldi.

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va dorixonalardan shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalariga ro‘yxatga kiritilgan dori vositalarining xuddi shu tarkibdagi ta'sir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega bo‘lgan dori vositalari ham kiradi.

Dori vositalarining o‘ramlari, tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomalari, ilova-varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda, berish tartibidan qat'iy nazar, ro‘yxatga amal qilinishi kerak.

To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid