Jamiyat | 20:14 / 10.12.2019
6581
2 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz tanqididan so‘ng Xonqa tumanidagi ko‘prikni ta'mirlash ishlari boshlandi

Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Qirqyop qishlog‘ining «Xonqaobod» mahallasida yashovchi fuqarolar tuman markazi bilan bog‘lab turuvchi ko‘prik eskirib, avariya holatiga kelib qolganidan Kun.Uz tahririyatiga shikoyat qilishgandi. 

Shundan so‘ng, bu haqda «Xonqa tumanidagi ko‘prik avariya holatiga keldi – u qachon ta'mirlanadi?» sarlavhasi ostida tanqidiy maqola chiqdi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ko‘prikni ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan va 2020 yilning birinchi choragida yakunlanadi.

«Xorazm viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi xodimlari «Xonqaobod» mahallasida bo‘lishdi. Muammoni ijobiy xal qilish maqsadida ko‘prikda qurilish-ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi. Qurilish ishlari 2020 yilning birinchi choragida yakunlanib aprel oyigacha ko‘prik foydalanishga topshiriladi» – deb Xorazm viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi vazifasini bajaruvchi Muzafaar Qalandarov so‘zlarini keltirmoqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Mavzuga oid