Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zarar bilan chiqadigan 9ta viloyatga 2020 yilda 5,1 trln so‘m ajratiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonunni imzolagani haqida avval xabar bergan edik.
Qonunning 6-ilovasida 2020 yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar ham Toshkent shahri mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozi keltirilgan.
Jadvaldan ko‘rinishicha, deyarli barcha hududlarda xarajatlar daromadlardan ortiq bo‘ladi.

Xususan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida o‘ziga xos budjet taqchilligi kutilmoqda. Faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida xarajatlar daromadlardan ortiq bo‘lmaydi.
Zarar bilan chiqqan viloyatlarda qo‘shimcha mablag‘lar zarur bo‘ladi. Qonunda viloyatlarning mahalliy budjetiga respublika budjetidan ajratiladigan tekislovchi budjetlararo transfertlar miqdori ham keltirib o‘tilgan.
9ta viloyatga dotatsiya yordami ko‘rsatiladi. Eng katta yordam Namangan viloyatiga beriladi — 977,7 mrld so‘m. So‘ngra Surxondaryo (839,1 mlrd so‘m) va Qashqadaryo (758,1 mlrd so‘m) viloyatlari joylashgan. Eng kam yordam Farg‘ona (351,9 mlrd), Sirdaryo (343,9 mlrd) va Samarqand (321,8 mlrd) viloyatlariga ajratiladi.
Mavzuga oid
09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi
18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:51 / 08.03.2025