Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning qator shaharlarida Qonunchilik palatasi sayloviga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi
Bugun, 2019 yil 12 dekabr kuni, Rossiyaning bir necha shahrida 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi sayloviga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi.
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, birinchi bo‘lib ovoz berishga Janubiy Ural davlat universitetida tahsil oladigan O‘zbekiston fuqarolari keldi.


O‘zbekistonning Vladivostok (Rossiya) shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, Amur oblasti Svobodni tumani «Renaissance Heavy Industries» kompaniyasining vaqtincha vaxta shaharchasida mahalliy vaqt bilan soat 12:00da 600dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari o‘z saylov huquqlaridan foydalandi.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, Bosh konsulxona huzurida 14-saylov uchastkasi tuzilib, u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 144-Do‘mbirobod saylov okrugiga biriktirildi.


Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 18 dekabr soat 18:00ga qadar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025