Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp bir kun ichida rekord sonda tvit yozdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozgan xabarlari soni bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi va bu raqamni 123taga yetkazdi. Bu haqda The Hill nashri xabar berdi.
Nashr xisob-kitobiga ko‘ra, Tramp bir sutka davomida 123 ta xabar yozgan. AQSh prezidenti bu boradagi avvalgi rekordini bir necha kungina oldin o‘rnatgan bo‘lib, o‘shanda u bir kun davomida 105 ta tvit qoldirgan.
Ta'kidlanishicha, Tramp xabarlari va retvitlarining aksariyati uning impichmenti bo‘yicha kongressning huquqiy qo‘mitasidagi tinglovlarga taalluqli bo‘lgan. Asosan tvitlar demokratlarga qarshi qaratilgan.
Tramp xabarlaridan birida 16 yoshli ekofaol Greta Tunbergning “Yil odami” deb topilishini kulgu ostiga olgan.
“Tentaklik! Greta jahlini jilovlash ustida ishlashi, so‘ngra do‘sti bilan yaxshi bir kinoga borishi kerak! Qizishma, Greta, qizishma!”, deb yozgan Tramp.
Mavzuga oid
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
18:34 / 11.02.2025
“Deportatsiya noinsoniy ruhda kechyapti, amerikaliklar ham shokda” – Nyu Yorkdagi yurist bilan suhbat
15:23 / 04.02.2025