Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh odamni bir soatda Yerning istalgan nuqtasiga yetkazuvchi texnologiyaga ega - iste'fodagi general
Amerikalik iste'fodagi general-leytenant Stiven Kvast Xillsdeyl kollejidagi nutqi vaqtida AQSh odamni Yerning istalgan nuqtasiga bir soat ichida yetkazuvchi texnologiyaga egaligini aytdi. San-Antoniodagi bazada aviatsiya qo‘mondonligining rahbari bo‘lgan Kvastning bu so‘zlariga The Drive nashri e'tibor qaratdi.
“Bu texnologiya bugunoq yaratilishi mumkin. U istalgan odamni Yerning istalgan nuqtasiga bir soat ichida yetkazish imkonini beradi”, deb aytgan general.
Biroq sobiq harbiy ushbu texnologiya qanday ishlashiga oydinlik kiritmagan.
Nashrning ta'kidlashicha, generalning bu bayonoti boshqa amerikalik harbiylarning ba'zi tushunarsiz hodisalar mavjudligi haqidagi bayonotlari ortida yangragan.
Kvast joriy sentyabrda iste'foga ketgan. Nashrning ta'kidlashicha, bunga sobiq harbiyning koinot texnologiyasi masalalari bo‘yicha aytganlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
2018 yil aprelda SpaceX kompaniyasi prezidenti Gvinn Shotvell Big Falcon Rocket (BFR) transport tizimi yaqin kelajakda ishlay boshlashi va u odamni bir soatdan kamroq vaqt ichida sayyoramizning istalgan nuqtasiga yetkaza olishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025