Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo kelishuvining tafsilotlari ma'lum bo‘ldi
AQSh va Xitoy savdo kelishuvining “birinchi bosqichi” bo‘yicha kelishuvga keldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Pekin 2 yil davomida AQShdan kamida 200 mlrd dollarlik tovarlar va xizmatlar import qilishga rozi bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, Xitoy 2017 yilda AQShdan 130 mlrd dollarlik tovarlar va 56 mlrd dollarlik xizmatlar xarid qilgan.
AQSh esa bunga javob chorasi sifatida Xitoyda ishlab chiqarilgan va umumiy qiymati 160 mlrd dollarni tashkil qiluvchi telefon, noutbuk va boshqa iste'mol tovarlariga bojlar qiymatini oshirishni to‘xtatadi. Bundan tashqari, 120 mlrd dollarlik boshqa tovarlarga, jumladan Bluetooth aqlli karnaylari va quloqchinlariga boj qiymatlari 7,5 foizgacha tushiriladi.
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi 86 sahiflik savdo kelishuvi Vashingtonda yanvarning birinchi haftasida imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025